Spiritual even on the subject of "Constitution is the encyclopedia of spirituality and enlightenment"

  • Startseite
  • Spiritual even on the subject of "Constitution is the encyclopedia of spirituality and enlightenment"
18 noyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda yurtimizda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishning huquqiy kafolati va mustahkam poydevori bo‘lib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma to‘rtyilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – ma’naviyat va ma’rifat qomusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda huquqshunos olimlar, keng jamoatchilik vakillari, san’atkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Konstitutsiya - barcha iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy islohotlarning tamal toshi, jamiyat taraqqiyoti va xalq farovonligining asosidir. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Hayotimiz qomusi bo‘lmish Konstitutsiyamizni yuksak qadrlashimizning sababi, avvalo, uning kommunistik mafkura asosiga qurilgan eski ma’muriy-buyruqbozlik va taqsimot usulidan, mustabid tuzumdan butunlay voz kechganimizni e’lon qilib, biz uchun yangi davlat va jamiyat qurishning eng muhim prinsip va maqsadlarini, vazifa va normalarini belgilab berganida desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz”.
Konstitutsiya va huquqiy madaniyat, ma’naviyat va milliy qadriyatlar haqida gap borganda, qo‘hna zaminimiz odamlari ko‘nglida ustuvor bo‘lgan adolat, haqiqat, iymon, olijanoblik, bag‘rikenglik, mardlik, tantilik kabi ulug‘ xislatlar Konstitutsiyamizdan munosib o‘rin olganini alohida e’tirof etish joiz.
Tadbirda ta’kidlanganidek, xalqimiz qadimdan ma’naviyat va mafkura, ta’lim-tarbiyaga alohida e’tibor qaratib kelgan. Yosh avlodni hamisha vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik, kamtarlik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ma’naviyatini boyitish eng muhim masala sanalgan.
Shuningdek, ma’naviyat — ajdodlarimizni avlodlarga, o‘tmishni bugunga, bugunni esa kelajakka bog‘lovchi muqaddas ko‘prik vazifasini bajaradi. U ota-bobolarimiz to‘plagan yaxshi fazilatlar va xislatlar, qadriyatlar, an’analarning majmuini o‘zida mujassam etadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi jamiyat hayotining barcha sohalaridagi samarali islohotlar qatorida fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish, ular faoliyatini rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki hamda mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini kuchaytirish barobarida milliy ma’naviyatimizni taraqqiy etib mustahkamlanib borishiga imkon berdi.
Shuningdek, Konstitutsiyamiz bu borada hayotiy dasturilamal, yo‘limizni va qalbimizni yoritgan ma’naviyat hamda ma’rifat Qomusi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar, umuman yoshlar ongi va qalbida mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hurmat, qiziqish, daxldorlik va unda belgilangan me’yorlarga amal qilishda mas’uliyat tuyg‘usini mavjlantirish,shuningdek, yurtimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish va rivojlantirish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil liberallashtirish va modernizatsiya qilish, ta’lim, fan, madaniyat, ma’rifat va ma’naviyatning ravnaq topishida mustahkam huquqiy, ma’naviy asos sifatida xizmat qilayotganligi haqida yangi, qiziqarli ma’lumotlar berishdan iboratdir.
Tadbirda so‘zga chiqqan ishtirokchilar Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan tashkil etilayotgan ana shunday tadbirlar ularni ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy, siyosiy hamda huquqiy sohalarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ibotchi sifatida turli qatlam vakillariga yetkazishlarida katta turtki bo‘lishini ta’kidladilar.