“SUN’IY INTELLEKT ASOSLARI” FAN OLIMPIADASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

  • Startseite
  • “SUN’IY INTELLEKT ASOSLARI” FAN OLIMPIADASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

“SUN’IY INTELLEKT ASOSLARI” FAN OLIMPIADASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

🏛 Joriy yilning 5–6-may kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Sun’iy intellekt” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Sun’iy intellekt asoslari” fan olimpiadasi yuqori saviyada o‘tkazildi.

🧠 Olimpiada davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt, algoritmlar, mantiqiy fikrlash hamda innovatsion yondashuv bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar.

🏆 Final bosqichiga eng kuchli 10 nafar talaba yo‘llanma oldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar:
🥇 1-o‘rin — Oltibayev Dilshodbek
(Kiberxavfsizlik yo‘nalishi);
🥈 2-o‘rin — Sardor Toshqulov
(Dasturiy injiniring yo‘nalishi);
🥉 3-o‘rin — Bobojonov Quvondiq
(Sun’iy intellekt yo‘nalishi).


👏 Barcha g‘olib va ishtirokchilarni samimiy muborakbod etamiz hamda ularga kelgusidagi ilmiy va innovatsion faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

☑️ Ushbu olimpiada yoshlarning sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi.