Joriy yilning 18-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida EPAM Systems kompaniyasining O‘zbekistondagi vakillari Timur Azamatov hamda Yevgeniy Peshkurlar tomonidan seminar trening tashkil etildi.
Seminar davomida EPAM Systems kompaniyasi to‘g‘risida tushuncha va ma’lumotlar berilib o‘tildi va IT sohasida faoliyat yuritish istagida bo‘lgan talabalarga EPAM Systems kompaniyasiga ishga joylashish bo‘yicha tushunchalar olishdi. Talabalar tomonidan qiziqtirgan savollariga mehmonlar tomonidan javob berildi.
Seminar davomida faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg‘alar taqdim etildi.