Salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni o’tkazildi.

  • Startseite
  • Salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni o’tkazildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 9-bandida Salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafonini o‘tkazish vazifasi belgilangan”.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 22 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalari, professor-o‘qituvchilari va filialga biriktirilgan Urganch shaxridagi 4 ta mahalladagi yoshlardan iborat 300 nafardan ortiq ishtirokchilar ishtirokida Salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni o‘tkazildi. Salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni doirasida Urganch shaxridagi al-Xorazmiy ko‘chasida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilishdi.

TATU Urganch filiali sport maydonchasida ertalabki yengil badantarbiya mashqlari bajarildi. Mazkur salomatlik aksiyasidan koʻzlangan asosiy maqsad aholi orasida ommaviy sportni keng rivojlantirish orqali sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sportga bo‘lgan e’tiborni aholi va yoshlar orasida yanada oshirishdir.