Hozirgi vaqtda TATU professor-o‘qituvchilari va hodimlaridan iborat ishchi guruh Janubiy Koreyaning KOOKMIN universitetida texnologiyalar transferi, akademiya-sanoat hamkorligini tashkil etish hamda rivojlantirish bo‘yicha treningda qatnashmoqda.
Ushbu treningda KOOKMIN universitetining yetakchi professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” loyihasini amalga oshirishda kerak bo‘lgan barcha bilim va ko‘nikmalarni berib borishmoqda. Shuningdek, treningda Raqamli biznes hamda uni joriy etish ustida tadqiqotlar o‘tkazish va Janubiy Koreyaning bu yo‘nalishdagi tajribalari o‘rganilmoqda.