Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektori H.A. Muxitdinovning talabalar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Universitet rektorining talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazishi an’anaga aylangan. Ushbu an’ana davomi sifatida
21 noyabr kuni
Dasturiy injinering fakulteti va
AKT sohasida kasb ta’limi fakulteti 1-kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqot doirasida talabalar universitet ichki tartib-qoidalari, o‘qish jarayoni, talabalar turar joyidagi yashash sharoitlari va tartibi, talabaning odob-axloq qoidalari bilan tanishtirildi. Talabalarning fikrlari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. O‘z navbatida rektor talabalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi va "talaba” degan nomga sazovor bo‘lganliklari bilan tabriklab, ularga o‘qishlarida omadlar tiladi.