Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi nomidan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri — Sherzod Xotamovich Shermatovni tavallud ayyomlari bilan samimiy muborakbod etamiz.
🎉 Yurtimizda raqamli texnologiyalar sohasini izchil rivojlantirish, zamonaviy bilim va innovatsiyalarni keng joriy etish yo‘lidagi samarali faoliyatingiz alohida e’tirofga loyiq. Sizga mustahkam sog‘lik, yuksak mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.