Pochta aloqasi texnologiyasini rivojlantirish yo‘lida...

  • Startseite
  • Pochta aloqasi texnologiyasini rivojlantirish yo‘lida...

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining "Pochta aloqasi texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun "O‘zbekiston pochtasi” AJ rahbar xodimlari va mutaxassislari tomonidan ma’ruzalar o‘tkazish reja-jadvaliga asosan, 18 aprel kuni "O‘zbekiston pochtasi” AJ majlislar zalida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.

"O‘zbekiston pochtasi” AJda Korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish” mavzuidagi ma’ruzada respublikamiz pochta aloqasining bugungi kundagi holatini yaxshilash va mavqeini saqlab qolish uchun boshqaruvning xorij tajribasi, xususan, Germaniya pochtasidagi boshqaruv amaliyotidan foydalanish samaradorligi va qulayliklari haqida tushunchalar berildi.

Davra suhbatida jamiyatning "Aktsionerlar bilan korporativ munosabatlar xizmati” bo‘limi boshlig‘i A.M.Ziyatdinov, TATU "Pochta aloqasi texnologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi L.N.Jo‘raev va 130, 131, 132-13 guruhi talabalari ishtirok etdilar. Ma’ruza yakunida talabalar uchun qiziqarli bo‘lgan savollarga atroflicha javob berildi.

Pochta aloqasi texnologiyasini rivojlantirish yo‘lida...

 

Pochta aloqasi texnologiyasini rivojlantirish yo‘lida...