O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 25.12.2015 yildagi 335-sonli va TATU rektorining 30.12.2015 yildagi 1434-sonli buyrug‘ini bajarilishini ta’minlash maqsadida,14 apreldan 16 aprelga qadar TATU uning hududiy filiallari talabalari o‘rtasida "O‘zbekistonning intellektual avlodi” nomli ilmiy amaliy konferentsiya hamda ushbu konferensiya doirasida "Chet tilini o‘rganish uchun yaratilgan mobil ilova va dasturiy ishlanmalar tanlovi”o‘tkazildi.
Konferentsiya va tanlovning asosiy maqsadi:Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari talabalari orasidan o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha olgan bilimlarini nazariy va amaliy namoyon qila olgan, o‘z fikrlarini ingliz tilida ravon bayon eta oladigan iqtidorli, qobiliyatli va iste’dodli talabalarni aniqlash, ulardagi ijodiy qobiliyatlarni ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
Konferentsiyaning 1-chi bosqichida 100 dan ortiq talaba, 2-bosqichida 23 talaba va final bosqichida esa 9 talaba ishtirok etdi. Natijalarga ko'ra:
1-o‘rin – Asomov Muxammad Qulmurod o‘g‘li – Toshkent;
2-o‘rin – Jumabaev Dilshod Normat o‘g‘li - Urgench filiali;
3-o‘rin - Ibragimova Dilnoza Olim qizi – (Toshkent) larga nasib etdi.
"Chet tilini o‘rganish uchun yaratilgan mobil ilova va dasturiy ishlanmalar tanlovi”ning 1-bosqichida 100 ga yaqin talabalar o‘zlarining ishlanmalari bilan ishtirok etdi. Final bosqichida 25 talaba o'z ishlanmalarini ingliz tilida taqdim etishdi. Natijalarga ko'ra:
1-o‘rin - Palvanov Akmal Alijon o'g'li - Toshkent;
2-o‘rin – Xakimov Aleksandr Radionovich - Farg‘ona filiali, Ismailov Diyorbek Shavkatjon o‘g‘li - Farg‘ona filiali;
3-o‘rin – Sultanov Yo‘ldoshboy Orazmetboevich – (Urgench filiali)larga nasib etdi.
Barcha g‘oliblar esdalik uchun sovg‘alar va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, ushbu tadbirda faol qatnashgan talabalarga esdalik uchun sovg‘alar va sertifikatlar topshirildi.