O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2015 yil 25 dekabrdagi 335-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida, "Pochta aloqasi texnologiyasi” kafedrasining "O’zbekiston pochtasi” AJda tashkil etilgan o’quv filialida mutaxassislar tayyorlashda o’zaro xamkorlik qilish to’g’risida 2016 yil 15 yanvarda 1/16-sonli shartnoma imzolangan.
Ushbu shartnomaga asosan, joriy yilning 31 mart kuni "Pochta aloqasi texnologiyasi” kafedrasningi "O’zbekiston pochtasi” AJ bilan navbatdagi seminari o’tkazildi.
Seminarda "O’zbekiston pochtasi” AJ "Pochta xavfsizligi” bo’limi bosh mutaxassisi T.Xakimov "Pochta aloqasi ob’yektlarida pochta xavfsizligi xizmatining roli” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada "O’zbekiston pochtasi” AJ "Xalqaro pochtamt” filialining faoliyati, filialdagi pochta xavfsizligi xizmati tizimidagi olib borilayotgan ishlar haqida yetarlicha ma’lumot berildi.
Seminarda kafedra professor-o’qituvchilari hamda 4-bosqich 130,131-12 PATu guruhi talabalari ishtirok etdilar.