Omsk davlat texnika universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv
🏛Joriy yilning 26-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Rossiya Federatsiyasining Omsk davlat texnika universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
✅Uchrashuv davomida IT maxsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqishda tajriba almashinish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha har ikki universitetning imkoniyatlari o‘rganildi.
✅Shuningdek, tomonlar kelgusida hamkorlik aloqalarini kengaytirish va rivojlantirish yuzasidan Anglashuv Memorandumini imzoladilar. Memorandumga ko‘ra akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, konferensiyalar tashkil etish, ta’lim va tadqiqot resurslarini almashinish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan hamkorlik qilishga kelishildi.
📌Uchrashuv so‘nggida mehmonlarga universitetda yaratilgan laboratoriyalar, Media markaz va ma’lumotlar markazi bilan tanishritildi.