TATU talabalaridan iborat ikki jamoa dasturlash bo‘yicha xalqaro chempionat finalida qatnashadi

  • Startseite
  • TATU talabalaridan iborat ikki jamoa dasturlash bo‘yicha xalqaro chempionat finalida qatnashadi

2017 yilning 6 aprel kuni Belarus Davlat Informatika va radioelektronika universiteti tomonidan VII bor tashkil etilgan “BSUIR OPEN 2017” dasturlash bo‘yicha ochiq chempionatning saralash bahslari onlayn ko‘rinishda bo‘lib o‘tdi. Unda butun dunyodan jami 500 jamoa ro‘yhatdan o‘tdi. Saralash natijalariga ko‘ra Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining ikki jamoasi Tashkent U of IT (Abdukarimov Sirojiddin, Ismoilov Isfandiyor, Islomov Nodirbek va jamoa murabbiysi Maxmudov Anvarjon) va TUIT Alva (Axmadaliyev Abdullajon, Murtozaqulov Xo‘jamurod, Jo‘rayev Xurshid va jamoa murabbiysi Hojiyev Sunatullo) final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar. 2017 yilning 26-28 aprel kunlari bu jamoalar Belorussiyaning Minsk shahrida mezbon Belarussiya, Rossiya, Ukraina, Litva, Latviya va Polsha kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan jami 58 jamoa bilan musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritish uchun kurashadilar. Musobaqa haqida va uning natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni

http://acm.bsuir.by/wps/wcm/connect/olymp/site/content/champ2017/final/

havolasidan olishingiz mumkin.

Shuningdek, musobaqa tashkilotchilarining taklifiga binoan 2017 yilning 29 aprel sanasida Grodno shahrida Grodno Davlat universiteti tomonidan tashkil etiladigan chempionatda ham qatnashishlari rejalashtirilgan.

Ushbu jamoalarga yuqoridagi musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishlarini hamda universitetimiz va yurtimiz sharafini dasturlash sohasida ham yuqorilarga ko‘tarishlarini tilab qolamiz!