Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga keng imkoniyatlar ochib berishi natijasida Universitetimiz dunyo miqyosdagi ta'lim konsortsiumi bo‘lgan University Alliance of the Silk Road (UASR) tomonidan jahonning nufuzli oliygohlari qatorida to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilindi.

  • Startseite
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga keng imkoniyatlar ochib berishi natijasida Universitetimiz dunyo miqyosdagi ta'lim konsortsiumi bo‘lgan University Alliance of the Silk Road (UASR) tomonidan jahonning nufuzli oliygohlari qatorida to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilindi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dunyo TOP oliy ta’lim muassasalari qatorida, O‘zbekistondagi IT universitetlar ichida birinchi bo‘lib, Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etilgan dunyo miqyosdagi ta’lim konsortiumi University Alliance of the Silk Road (UASR)ga a’zo bo‘ldi.
So‘nggi yillarda oliy ta’lim yo‘nalishida Yurtimizda olib borilayotgan ijobiy islohotlarning Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga keng imkoniyatlar ochib berishi natijasida Universitetimiz dunyo miqyosdagi ta'lim konsortsiumi bo‘lgan University Alliance of the Silk Road (UASR) tomonidan jahonning nufuzli oliygohlari qatorida to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilindi.


Dunyoda yetkachi TOP (THE-251 va QS-291) universitet hisoblangan Xi’an Jiaotong universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan Ipak yo‘li universitetlar alyansi (University Alliance of the Silk Road) oliy taʼlim sohasida ochiqlik va xalqaro hamkorlikka yoʻnaltirilgan nodavlat va notijorat tashkilot bo‘lib, iqtidorlarni o‘qitish, ilmiy tadqiqot, madaniyatni tarqatish va IT ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashadi. Hozirgi kunda, mazkur alyansga 37 mamlakat va mintaqadan 150 dan ortiq dunyoning nufuzli universitetlari a‘zo hisoblanadi.
Universitetning ushbu nufuzli alyansga a’zo bo‘lishi Xalqaro QS hamda THE reytinglarida o‘z o‘rnini yuqorilashiga hissa qo‘shishi bilan birgalikda, dunyoda yetakchi TOP universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirgan holda yangi marralarga erishish hamda Universitetning xalqaro imidjini yuqori darajaga olib chiqishga xizmat qiladi.