Munozara va Mushoira klublarining “Gulxan tafti” nomli navbatdagi badiiy kechasi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

  • Startseite
  • Munozara va Mushoira klublarining “Gulxan tafti” nomli navbatdagi badiiy kechasi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Munozara va Mushoira klublarining “Gulxan tafti” nomli navbatdagi badiiy kechasi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

🔥 TTJ-1 hovlisida gulxan atrofida tashkil etilgan ushbu samimiy uchrashuv talaba-yoshlarni she’riyat, ijod va erkin fikr muhitida birlashtirdi.

🎤 Kecha davomida talabalar tomonidan ifodali she’rlar, dramatik chiqishlar, mushoira va qiziqarli munozaralar namoyish etildi. Jonli gitara sadolari va musiqiy chiqishlar esa tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

💬 Faol va ijodkor talaba-yoshlar o‘z iste’dodlarini namoyon etib, adabiyot, san’at va ma’naviyatga bo‘lgan qiziqishlarini yana bir bor namoyish etdilar.

💫 Samimiy va unutilmas taassurotlarga boy o‘tgan ushbu kecha yoshlar o‘rtasida do‘stlik, ijodkorlik va ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.