“Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda startap ekotizimini rivojlantirish” forumi bo‘lib o‘tdi

  • Startseite
  • “Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda startap ekotizimini rivojlantirish” forumi bo‘lib o‘tdi

✅Tadbir universitetlar, startap ekotizimi ishtirokchilari, investorlar va korporativ sektor vakillarini bir joyga jamladi. Forum universitetlarni innovatsiya va tadbirkorlik markazlariga aylantirish, talabalarni startap faoliyatiga jalb qilish, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini rivojlantirish hamda startap ekotizimi ishtirokchilari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

✅ Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov startapchilar uchun tashkil etilgan alleyada yosh startapchilar bilan suhbatlashdi hamda startap ekotizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Ushbu forumda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘zlarining Anatomix3D, UzWorks, CardioVision AI nomli startaplari bilan ishtrok etdilar.

✈️@tuituz_official