Rektor yoshlar muammosiga befarq emas
Muhtaram prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mazkur g'oya bugungi kunda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilishiga imkon yaratmoqda.
Rektorimiz va yoshlar o'rtasida tashkil etilgan muloqotlarda yoshlarning taʼlim va tarbiyasiga koʻmaklashish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor B.Maxkamov Yunusobod tumanida joylashgan Anorzor, Obod, Ahmad Donish, Iftixor, Jomiy MFYlarda istiqomat qiluvchi qizil toifadagi yoshlar bilan uchrashdi. Yoshlarning holidan xabar olinib, o‘zlari va yaqinlari bilan suhbatlar uyushtirildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.