TATU rektorining 29.10.2015 yildagi 72-sonli buyrug‘iga asosan "Menejment va marketing” kafedrasi mudiri Sh.A.Tursunov, kafedra professori A.M.Qodirov va kafedra dotsenti A.T.Axmedievalar xizmat safari bilan universitetning Urganch filialida bo‘lishdi. Xizmat safari vaqtida kafedrada olib borilayotgan "Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida AKT rivojini davlat tomonidan tartibga solish usullarini va shakllarini takomillashtirish” hamda "O‘zbekiston iqtisodiyotining lizing xizmati sohasida axborot texnologiyalarini joriy etish” loyihalari muhokama qilinib, natijalari sinovdan o‘tkazildi va ijobiy baholandi. Ushbu natijalar Xorazm viloyati hokimiyati huzuridagi "Innovatsiya faoliyati va texnologiyalarni transfer qilish markazi” mutaxassislari tomonidan ham muhokama qilindi va amaliyotga joriy etishga tavsiya berildi. Bundan tashqari ilmiy loyihalar natijalari Urganch Davlat Universitetining "Turizm va iqtisodiyot” fakulteti tomonidan tashkil etilgan "Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining strategiyasini ishlab chiqish yo‘nalishlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanida ham muhokama qilinib, sinovdan o‘tkazildi. Xizmat safari natijalari bo‘yicha TATU Urganch filiali, Xorazm viloyati hokimiyati huzuridagi "Innovatsiya faoliyati va texnologiyalarni transfer qilish markazi” hamda Urganch Davlat Universitetining "Turizm va iqtisodiyot” fakultetlari bilan "Menejment va marketing” kafedrasi o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.