Joriy yilning 25-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tadbiq etish markazida “Masofaviy taʼlimni tashkil etishdagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusida ilmiy seminar boʻlib oʻtdi.
🔔Mazkur seminarda Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi. Seminar davomida masofaviy taʼlim shaklini joriy qilishda tayanch oliygoh hisoblangan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti masofaviy taʼlim markazi boshligʻi Elov Jamshid Bekmurodovich o‘z taqdimoti bilan ishtirok etib, TATUda masofaviy taʼlimni tashkil etish tajribasi haqida o‘rtoqlashdi.