Malayziya Melaka texnika universiteti (UTeM) delegatsiyasi

  • Startseite
  • Malayziya Melaka texnika universiteti (UTeM) delegatsiyasi

 

Malayziya Melaka texnika universiteti (UTeM) delegatsiyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.

☑️ Tashrif davomida mehmonlarga universitet faoliyati, o‘quv jarayoni, ta’lim yo‘nalishlari hamda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🏛 Shuningdek, delegatsiya a’zolari uchun universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, ular TATUning zamonaviy o‘quv binolari, laboratoriyalari, ilmiy-amaliy markazlari hamda innovatsion loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.

♻️ Uchrashuv davomida mehmonlarga axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, dasturiy injiniring va raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari namoyish etildi.

🤝 Tashrif doirasida ikki universitet vakillari o‘rtasida rasmiy muzokaralar ham o‘tkazildi. Muzokaralarda akademik va ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

📄 Asosiy e’tibor TATU va UTeM o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan memorandum va kelishuv loyihalariga qaratildi.



❗ Mazkur tashrif ikki universitet o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, tajriba almashish hamda xalqaro ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini rivojlantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.