Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yunusobod tumanidagi 21-sonli umumta’lim va Yashnobod tumandagi 151-sonli umumta’lim maktab o‘quvchilari tashrif buyurishdi.
Maktab o‘quvchilari uchun tashkil etilayotgan bunday ekskursiyalar IT sohasini yoshlar o‘rtasida ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunday qilib, ular eng talabchan faoliyat sohalaridan biri haqida shaxsan o‘rganishlari, qolaversa, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari va universitet professor-o‘qituvchilari bilan muloqot qilishlari mumkin.
O‘quvchilarni Kompyuter injiniringi fakulteti, Informatika asoslari kafedrasi universitet faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi hamda bugungi kunda maktab o‘quvchilari uchun axborot texnologiyalari sohasida qanday imkoniyatlar mavjudligi haqida ham ma'lumotlar berib o'tdi. O‘quvchilarga qisqacha ekskursiya uyushtirilib, universitet istiqbollari haqida so'zlab berildi.