Harakat va mehnat bir kun albatta o‘z mevasini bermasdan qolmaydi. Hayoting mazmunli o‘tishini istasang mehnat qilgin, qilganda ham o‘zing yahshi ko‘rgan sevgan ishingni qilginki, vaqti kelib mehnating sen natija kutmagan bo‘lsang ham gullab o‘z iforila boshqalani jalb etsin. Sen o‘ylama suvga otilgan, yurakdan qilingan va qilayotgan xizmatingni holiqku albatt biladi, ammo, baliqlar ham bilmay qolmaydi derdi Ustozim Xurshid Dustmuhammad. Bejiz biz yuqoridagi iboralarni keltirmadik, Negaki bugun Universitetmizning yana bir jonkuyar ayollaridan biri Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldilar. Bu esa o‘z navbatida mehnat samarasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining XIV xalqaro konferensiyasi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning gumanitar hamkorligi bo‘yicha “Kitob va mutolaa — jamiyat taraqqiyotining strategik resursi” mavzusida forumi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 150 yillik yubileyini nishonlash, “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimlari 2021-yilning 19–21-may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazildi. Shu o‘rinda “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni Davlatimiz rahbarining 2019 yil 7 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi qarori bilan ta’sis etilgan.
Aynan shu mukofot bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Axborot kutubxona tizimlari kafedrasi mudiri P.f.n, dotsenti G‘anieva Barno Ilhomovna ana shunday nazarga tushgan ustoz o‘qituvchilarimizdan biri bo‘ladilar.
Bugun ko‘krak nishoni hamda guldastani O‘quv ishlari bo‘yicha prorektorimiz Shahlo Sadullayeva ko‘tarinki kayfiyatda o‘z sohibiga topshirdilar.
Universitet jamoasi mukofot sohibasini qutlaydi, nafaqat ishda qolaversa, hayotda ham ana shunday yutuqlar muvaffaqiyatlar sizni quvib yursin deymiz.