2024-yil 28-avgust kuni TATU ning besh nafar bitiruvchilari TATU, Kookmin universiteti hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida KOOKMIN universitetida magistratura bosqichida tahsil olish uchun jo‘nab ketdilar.
🇰🇷 KOICA O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori o‘rinbosari Ms. Park Seolri hamda TATU xalqaro hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojalantirish bo‘limi boshlig‘i I.Yusupovlar talabalarni ezgu tilaklar bilan kuzatdi va yangi olgan bilim, ko‘nikmalari bilan O‘zbekistonga qaytib, ta’lim rivojiga hissa qo‘shishlariga umid bildirdi.