KOICA kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Janob Shin Myon Sopom boshchiligidagi delegatsiya Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga (TATU) tashrif buyurdi.

  • Startseite
  • KOICA kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Janob Shin Myon Sopom boshchiligidagi delegatsiya Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga (TATU) tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolariga universitetning zamonaviy muhandislik maktabi, ilmiy laboratoriyalar va ularda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar taqdim etildi.

Ushbu uchrashuvda TATUda KOICA grant mablag‘lari hisobidan loyihani amalga oshirish bosqichlari, xalqaro tajriba asosida zamonaviy ta’lim yo‘nalishlarini yaratish imkoniyatlari, shuningdek, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarishni birlashtirishga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirish (Industry-academia cooperation) muhokama qilindi. Shuningdek, keyingi hamkorlik masalalari muhokama qilindi va yangi loyihalar ustida birgalikda ishlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

🗒 Ma’lumot uchun, universitet hozirda 2022-2027-yillarga mo‘ljallangan, KOICA grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan "TATU da biznes-IT sohasida innovatsion ta’lim tizimini yaratish" loyihasini amalga oshirmoqda.