“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali tantanali ravishda start oldi!

  • Startseite
  • “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali tantanali ravishda start oldi!

 

 

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali tantanali ravishda start oldi!

🎉 Bugun Toshkent shahridagi “Alpomish” muz saroyida nufuzli xorijiy mehmonlar, xalqaro ekspertlar hamda soha mutaxassislari ishtirokida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga start berildi.

🗓 Mazkur festival 28-30-aprel kunlari bo'lib o‘tadi. 14 ming nafar ishtirokchini bir maydonda jamlaydigan ushbu yirik xalqaro festival innovatsion g‘oyalar, muhandislik yechimlari va qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lishi kutilmoqda.

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining iqtidorli talaba-yoshlari ushbu festivalda muhandislikning 7 ta eng dolzarb yo‘nalishlari boʻlmish aviatsiya, agrotexnologiyalar, mashinasozlik, robototexnika, chip dizayn, yashil energetika, arxitektura yo‘nalishlarida o‘z ishlanmalari bilan ishtirok etishmoqda.

Shuningdek, “Kelajak muhandislari” ilmiy konsorsiumini tashkil etilishi tantanali e’lon qilindi. Bu O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonning yetakchi texnika oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamdir.