O’zbekistonda respublika iqtisodiyoti tarmoqlarining turli sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha yetuk va malakali mutaxassislarni tayyorlash davlatimiz ta’lim tizimining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Respublikamizda AKT sohasida zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsad va g’oyalaridan kelib chiqqan holda, o’z faoliyatlarini yangi yo’nalishda olib borayotgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bu yili kirish imtihonlarini haqqoniy-shaffoflik tamoyili asosida o’tkazish maqsadida turli tizimlar, uslublar va g’oyalarni qo’llamoqda.
Kirish imtihonlarini adolatli o’tishini ta’minlashda hamda imtihon jarayonini barchaga keng tarqatishda mamlakatimizning ommaviy axborot vositalarining o’rni beqiyos.
Shu sababli Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti imtihon jarayonlarini bevosita kuzatishlari uchun mamlakatimizning eng ommabop ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif etadi va ular uchun to’liq imkoniyat yaratishga harakat qiladi. Bu esa o’tkazilayotgan imtihonlarning shaffofligi hamda ochiqligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Universitet ma’muriyati kirish testlarini adolatli o’tkazishda ommaviy axborot vositalari birgalikda hamkorlik qilishadi deb umid qiladi.
Jurnalistlarning imtihon o'tkazilayotgan xonalarga kiritilishi tegishli mas'ul organlarning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Qiziqish bildirgan OAV vakillari 980-77-00 yoki 238-43-47 telefon raqami orqali ma’lumot olishlari mumkin.
Qatnashish istagini bildirgan OAV vakillari quyidagi hujjatlarni elektron nusxasini ma'muriyat elektron pochtasiga jo'natishi lozim. E-mail: f.agzamov@tuit.uz
- Pasport
- 1 dona 3X4 rasm
- OAV nomi
31-avgust kuni OAV vakillari uchun beydjik beriladi.