


2026-yil 13-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Rossiya Federatsiyasining Moliyaviy monitoring bo‘yicha Xalqaro o‘quv-uslubiy markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirda:
◾️Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
◾️Huquqni muhofaza qilish akademiyasi;
◾️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
◾️Toshkent davlat yuridik universiteti;
◾️“Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakillari;
◾️Moliya universiteti;
◾️Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti;
◾️Sibir federal universiteti;
◾️O.E. Kutafin nomidagi Moskva davlat yuridik universiteti;
◾️MMFI “Milliy tadqiqot yadro universiteti”;
◾️Olimpiadalarga tayyorgarlik markazi hamda boshqa qator tashkilotlar vakillari qatnashdi.
Tadbirda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Xalqaro tarmoq institutida ishtirok etuvchi xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, vazirlik va idoralar hamda moliyaviy xavfsizlik yo‘nalishidagi mutaxassislar ishtirok etdi.
Davra suhbatida universitet rahbariyati, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari hamda Xalqaro moliyaviy monitoring o‘quv-uslubiy markazi, Xalqaro tarmoq institutida ishtirok etuvchi xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari so‘zga chiqdi.
🤔Shuningdek, moliyaviy xavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlash, sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash, xalqaro ta’lim loyihalari va universitetlar bilan hamkorlik mavzularida taqdimotlar o‘tkazildi.
‼️Mazkur tadbir xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va moliyaviy xavfsizlik yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishga xizmat qildi.