Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan Asian Engineering Deans’ Summit (AEDS)–2026 xalqaro sammitida ishtirok etdilar.

  • Startseite
  • Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan Asian Engineering Deans’ Summit (AEDS)–2026 xalqaro sammitida ishtirok etdilar.

 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan Asian Engineering Deans’ Summit (AEDS)–2026 xalqaro sammitida ishtirok etdilar.

2026-yil 18–20-may kunlari Janubiy Koreyaning Daegu shahridagi Daegu Gyeongbuk Institute of Science and Technology (DGIST)da tashkil etilgan nufuzli sammitda universitetning “Radio va mobil aloqa” fakulteti dekani X.A. Sattarov hamda buxgalteriya bo‘limi boshlig‘i A.A. Amirov qatnashdi.

🤝 Uchrashuvlar davomida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, universitetlar o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, hamkorlikda ilmiy loyihalar va maqolalar chop etish masalalari muhokama qilindi.

🌎 Mazkur sammit TATUning xalqaro akademik maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda xorijiy hamkorlar bilan yangi istiqbolli aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.