IT-Texnikumlarga 2021/2022 yil uchun qabul boshlandi

  • Startseite
  • IT-Texnikumlarga 2021/2022 yil uchun qabul boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prizedentining  2021 yil  3-fevraldagi  “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasining “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustaxkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 6-sentyabridagi PF-5812-son “Professional ta’lim tizimini yanada  takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universiteti iqtidorli  kadrlar tayyorlash maqsadida zamonaviy ta’lim tizimiga asoslangan IT-Texnikumlar o‘z faoliyatlarini  boshlaganini ma’lum qiladi. Toshkent axborot texnologiyalari xuzurida faoliyat  yurutuvchi, oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan IT-Texnikumlar Respublikamizning barcha viloyatlari shuningdek Qoraqolpog‘iston Respublikasida 2021/2022 o‘quv yili uchun arizalar quyidagi yo‘nalishlar uchun boshlanganligini e’lon qiladi

  • Kompyuter injiniring; (audio va video texnologiyalarni o‘zlashtirish va yaratishni, mahsulotlar ishlab chiqarishni, ularni chop etish bilan bog‘liq ijodiy faoliyatni boshqarish;

Qisqa metrajli va to‘liq metrajli badiiy hujjatli filmlarni yaratishdagi operatorlik faoliyatini olib borish va boshqarish)

  • Dasturiy injiniring; (mobil tizimlarning dasturiy taminotini sinash usullari;

Mobil tizimlarning dasturiy taminotini yaratishda innavatsiyalardan foydalanish usullari.)

  • Axborot xavfsizligi; (axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridagi mavjud zaifliklar va ularga boladigan tahdidlardan himoyalash;

axborotning mahfiyligi, axborotning butunligi va foydanuvchanligining buzilish usullarini tahlil qilish;)

  • Telekommunikatsiya texnologiyalari (telekommunikatsiya, teleradio eshittirish, mobil aloqa)
  • Pochta aloqa texnologiyasi;

o‘qishga kirish uchun, arizalar joriy yilning 10-avgustidan 10-sentabiriga qadar texnikum.edu.uz veb sayti orqali qabul qilinadi. IT-Texnikumlar bilan bog‘lanish uchun telegram orqali @it_texnikumbot dan foydalanishingiz mumkun.