Londonda bo'lib o‘tgan 27-UBTIC yig‘ilishi: O‘zbekiston — Britaniya IT-sohasidagi hamkorligida muhim bosqich

  • Startseite
  • Londonda bo'lib o‘tgan 27-UBTIC yig‘ilishi: O‘zbekiston — Britaniya IT-sohasidagi hamkorligida muhim bosqich

Londonda bo‘lib o‘tgan 27-UBTIC yig‘ilishi: O‘zbekiston — Britaniya IT-sohasidagi hamkorligida muhim bosqich

🌟 Joriy yilning 28-noyabr kuni Londonda vazirlik vakillari va kompaniyaning yetakchi rahbarlarini birlashtirgan 27-O‘zbekiston — Britaniya savdo va sanoat Kengashining muhim yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✔️ Tadbirda mamlakatimiz IT sohasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar bilan tanishtirib o‘tildi, jumladan:
🟠IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish;
🟠IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan taʼminlash;
🟠BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksida mamlakatimizni yetakchi 30 ta davlatlar qatoriga kiritish.

📈Ma’lumot uchun:
2023 yilning dastlabki 9 oyida O‘zbekistondagi 22 ta mahalliy rezident kompaniyalar tomonidan Buyuk Britaniyaga 33,5 million dollarlik IT-xizmatlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, bu jami koʻrsatilgan IT-xizmatlar eksportining (238,7 mln. dollar) 14 foizini tashkil etmoqda.

Mamlakatimizda esa Buyuk Britaniya kapitaliga asoslangan 11 ta rezident kompaniyalar o‘z ish faoliyatini olib bormoqdalar.

✅ Muzokaralar chog‘ida Buyuk Britaniyaga IT-xizmatlar eksportini oshirish va sohaga investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
📏📏📏📏📏📏📏📏📏
🇬🇧 Barcha Britaniya investorlari va IT-kompaniyalariga murojaatimiz:

Biz britaniyalik investorlar va kompaniyalarni O‘zbekistonda IT-sohasida hamkorlik qilishga taklif qilamiz.

IT-sohasida jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan O‘zbekiston, bugungi kunda Markaziy Osiyoning yangi IT-xabi sifatida paydo bo‘lmoqda. Biz hamkorlikka ochiqligimizni va birgalikda IT-xizmatlar eksportini rivojlantirishga tayyorligimizni ma’lum qilamiz.