“Xalqaro IT-sertifikatlar

IT-ta’limni rivojlantirish hamda yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, xalqaro sertifikat olish uchun sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

Universitetimizning Dasturiy injiniring fakulteti, magistratura bosqichi talabasi Toshtemirov Zafarjon Ne'matulloyevich Apple kompaniyasining "App Development with Swift" kursni muvaffaqiyatli tugatib, trenerlik maxsus sertifikatini oldi.

Bu sertifikat orqali Toshtemirov Zafarjon Ne'matulloyevich o‘z tengdoshlari va siz yoshlarga Apple kompaniyasining turli qurilmalari uchun dasturiy vositalarni yaratish bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.