Joriy yilning 29 oktabr kuni O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan "Ipak yo‘lidan Kremniy vodiysigacha. O‘zbekiston IT sohasining imkoniyatlari" mavzusida onlayn konferensiyani tashkil etildi.
Mazkur onlayn konferensiyada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori S.Babaxodjayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Tashev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i J.Sultonovlar ishtirok etishdi.
Ushbu konferensiyaning asosiy maqsadi – O‘zbekistonning AKT sohasidagi tashkilotlari va Germaniyaning AKT sohasidagi kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish hisoblanadi.
Shuningdek, ingliz tilida bo‘lib o‘tgan mazkur konferensiyada Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi Ijrochi direktori Mihail Xarms, "Brand IT Volkswagen" kompaniyasi “Raqamli va sotishdan keyingi integratsiya bo‘limi” boshlig‘i Frenk Hok, , "Cloud & Heat Technologiyes GmbH" kompaniyasi Katta hamkorlik menejeri Lukas Dryu hamda O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari, Germaniyadagi O‘zbekiston elchixonasi vakili, IT Park, IT Centers, IT Academy vakillari ishtirok etishdi.
TATU matbuot xizmati