Joriy yil 3-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlari va tadbiqiga bag‘ishlangan “International Conference on Information Science and Communications Technologies: Applications, Trends and Opportunities – ICISCT2021: Applications, Trends and Opportunities” xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
Konferensiya Xalqaro Elektronika va Elektrotexnika Muxandislari instituti (IEEE) bilan hamkorlikda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va TATU Urganch filialida o‘tkazilmoqda. Konferensiyada AQSh, Kanada, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Hindiston, Malayziya, Xitoy Xalq Respublikasi, Nigeriya, Pokiston kabi dunyoning 10 dan ortiq mamlakatlaridan ilg‘or oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlarining yetakchi olimlari, tadqiqotchilari va izlanuvchilari ishtirok etmoqda.
Konferensiyaning asosiy maqsadi axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilmiy tadqiqotlarini amalga oshirayotgan olimlar va izlanuvchilarni ilmiy tadqiqot natijalarini muhokama qilish, o‘zaro bilimlar va kelgusi tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha fikrlar almashinish hisoblanadi. Tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan sho‘balari 4-noyabr kuni o‘z ishini davom ettiradi. Konferensiyaning 5-noyabrga mo‘ljallangan dasturi doirasida xorijiy professorlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari yosh olimlari, megistrant va doktorantlariga zamonaviy texnologiyalar va ular ustida tadqiqotlar bo‘yicha seminar-treyninglar o‘tkazishadi.