Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha olimpiada g‘oliblari aniqlandi!

  • Startseite
  • Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha olimpiada g‘oliblari aniqlandi!


Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida bo‘lib o‘tgan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

Murosasiz va qiziqarli kechgan intellektual bellashuvning yakuniy natijalariga ko‘ra, shohsupani quyidagi iqtidorli talabalar egalladi:

🥇 1-o‘rin: Uteshova Rahima Tolgatovna — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi;
🥈 2-o‘rin: Omonov Ahmadjon Zafar o‘g‘li — Buxoro davlat universiteti talabasi;
🥉 3-o‘rin: Mamadiyorov Samandar Baxtiyor o‘g‘li — O‘zbekiston milliy universiteti talabasi.

🎁 Go‘lib talabalarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

🎓 Eslatib o‘tamiz, mazkur nufuzli fan olimpiadasi g‘oliblari magistratura bosqichiga imtihonsiz kirish huquqini qo‘lga kiritdilar!

G‘oliblarimizni ushbu munosib g‘alaba bilan chin dildan muborakbod etamiz va ularning kelgusi ilmiy-amaliy faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz! 🎉👏