1. Shahar va qishloq hududlaridagi telekommunikatsiya tarmoqlarni ma’lumot uzatishning optik aloqa tizimlari yordamida modernizatsiyalash.
2. “Elektron hukumat” tizimi rivojlanish darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi tahlil metodlari, baholash mezonlarini ishlab chiqish va tatbiq etish.
3. Davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash tizimini ishlab chiqish va tatbiq qilish.
4. “Sun’iy intellekt” metodlari va ulardan axborot xavfsizligini ta’minlashga joriy qilish.
5. Hududlarda AKT ni rivojlanishini monitoring qiluvchi va baholaydigan axborot-tahlil tizimlarini ishlab chiqish.
6. Raqamli formatda ishlashga mo‘ljallangan, detsimetrli diapazonda ishlaydigan analog televizion uzatkichlarni modernizatsiya qilish.
7. FM radiouzatish ishlarida foydalanish uchun detsimetrli diapazonda ishlaydigan analog televizion uzatkichlarni modernizatsiya qilish.
8. Ovozli radiouzatishda ma’qul DVB-T2 uzatkichlari parametrlarini tanlash bo‘yicha tadqiqot olib borish.
Takliflar va o‘zgartirishlar yuzasidan Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi hamda O‘zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyatining 2384389, 2363734 telefon raqamlariga murojaat qiling.
Tanlovga mavzular yuzasidan ilmiy ishlar loyihalarini 2017 yilning 8 noyabriga qadar taqdim etish mumkin. Ma’lumot va loyihalarga qo‘yiladigan talablar yuzasidan vazirlikning ilmiy kotibi S.Rahimboyevga murojaat qiling
(Tel.: 238-43-19).