“Sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya davrida yangi innovatsion biznes IT ta’limni ilgari surish va rivojlantirish” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

  • Startseite
  • “Sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya davrida yangi innovatsion biznes IT ta’limni ilgari surish va rivojlantirish” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilning 21-23-noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOOKMIN universiteti hamkorligida “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish doirasida “Sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya davrida yangi innovatsion biznes IT ta’limni ilgari surish va rivojlantirish” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu konferensiyada KOOKMIN universiteti professor-o‘qituvchilari va TATU “AKT sohasida iqtisodiyot” va “Menejment va marketing” kafedralari professor-o‘qituvchilari, loyiha ishtirokchilari o‘z taqdimotlari bilan faol qatnashmoqdalar.