TATU professor-oʻqituvchilari hamda talabalari  IEEE Xplore maʼlumotlar bazasidagi elektron resurslardan bepul  foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi

  • Startseite
  • TATU professor-oʻqituvchilari hamda talabalari  IEEE Xplore maʼlumotlar bazasidagi elektron resurslardan bepul  foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi

IEEE Xplore elektron kitoblar toʻplami muhandislik va kompyuter texnologiyalari sohasiga oida  eng yangi mavzularini qamrab olgan boʻlib, yuqori sifatli va ishonchli kontentni universitetimiz ilmiy xodimlari uchun, talabalarimiz uchun bepul taqdim etmoqda.

Maʼlum boʻlishichi, berilgan toʻplam 2004-yildan boshlab 525 dan ortiq nomdagi kitoblarni oʻz ichiga oladi.

Shuningdek, foydalanuvchilar IEEE eLearning Library kurslariga ham yozilishlari mumkin.

Kurslar quyidagi imkoniyatlarni beradi: 

  • Universitetning oʻquv kurslarini qoʻllab-quvvatlash,
  • lmiy-tadqiqot loyihalariga yangi texnologiyalarni oldindan tayyorlashni taʼminlash;
  • talabalarning bilim darajasi va oʻqituvchilar va xodimlarning imkoniyatlarini oshirish;
  • oʻquv kursini muvaffaqiyatli tugatgandan soʻng sertifikat olish;
  • eng ilgʻor texnologik ishlanmalar;
  • dinamik interfeysga ega;
  • PDF formatida mavjudligi;

Batafsil shu havola orqali koʻrishingiz mumkin. 

Kurslarga havola: https://ieeexplore.ieee.org/courses/home

Elektron resurslarga havola: https://xploreqa.ieee.org/Xplorehelp/kbart/now.html

Login: Eq7eu96N

Parol: edTKNbME

Bepul foydalanish muddati: 2020-yil 30-iyun

Maʼlumot uchun: IEEE Xplore  ilmiy maqolalar, konferensiya materiallari, kompyuter fanlari, elektrotexnika, elektronika va shunga oʻxshash sohalar boʻyicha tegishli materiallarni qidirish va ulardan foydalanish uchun yaratilgan ilmiy tadqiqot bazasi hisoblanadi.

Word

TATU matbuot xizmati