“ICTWEEK UZBEKISTAN - 2026” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga start berildi.

  • Startseite
  • “ICTWEEK UZBEKISTAN - 2026” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga start berildi.





Ushbu haftalik doirasidagi ko‘p funksiyali ko‘rgazmada TATU jamoasi ham o‘z ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda.



Ochilish marosimida dastlab videorolik namoyish etildi. Unda O‘zbekistonning “Startaplar mamlakati” sifatidagi yangi qiyofasi, mamlakatda startap ekotizimini rivojlantirish, yoshlarning innovatsion g‘oyalari va raqamli texnologiyalar sohasidagi imkoniyatlar aks ettirildi.

Tadbir doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqdi.

22-sentabr kuni CAEx ko‘rgazmalar majmuasida ICT WEEK Uzbekistan 2026 o‘z ishini boshladi. To‘rt kun davom etadigan tadbir texnologik kompaniyalar, startaplar, investorlar, davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari hamda raqamli industriya ekspertlarini bir maydonda jamlaydi.

Bu yilgi ICT WEEK dasturidan startaplar va venchur investitsiyalar, sun’iy intellekt, IT-autsorsing, raqamli transformatsiya, fintech, GameDev hamda xalqaro texnologik hamkorlik yo‘nalishlariga bag‘ishlangan o‘nlab tadbirlar o‘rin olgan.

70 dan ortiq mamlakat vakillari, 25 mingdan ziyod tashrif buyuruvchi, jumladan, qariyb 2 ming nafar xorijiy mehmon ishtirok etishi kutilmoqda.