5-fevral kuni Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi mutaxassis hodimlari va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti toʻrtinchi bosqich talabalari oʻrtasida talaba yoshlarni ichki ishlar organlarida mehnat faoliyatiga jalb qilish, yosh mutaxassislarga vazirlik tizimidagi tashkilotlarda yaratilgan sharoitlar bilan tanitirishga qaratilgan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida oʻtkazildi. Dastlab ichki ishlar xodimlari talaba yoshlarga boshqarmada mavjud ish oʻrinlari, mexnat faoliyati turi, unda yaratilgan imtiyozlar va ishga joylashish uchun hamda mehnat faoliyati davomida qoʻyiladigan talablar xaqida qisqacha tushuntirib berdilar. Soʻngra talaba yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishga muvoffaq boʻldilar. Tadbir soʻngida Ichki ishlar boshqarmasida ishlash istagida boʻlgan talaba-yoshlar va boshqarma xodimlari oʻzaro maʼlumot almashib oldilar.