
Sizni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/30.12.2019.T.07.01 raqamli ilmiy Kengash qoshidagi 05.01.04 – «Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti» va 05.01.10 ‒ «Axborot olish tizimlari va jarayonlari» ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminarga taklif etamiz. Ilmiy seminarda quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi.
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil tadqiqotchisi Asqaraliev Odilbek Ulug‘bek o‘g‘lining 01.10‒«Axborot olish tizimlari va jarayonlari» ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan «Ko‘p pog‘onali korporativ tizimlararo axborot almashish jarayonlari samaradorligini oshirish» mavzusidagi dissertatsiyasining muhokamasi, 2025-yil 12-iyun soat 1400. Ilmiy maslahatchi: t.f.d., professor Zaynidinov Xakimjon Nasiridinovich.
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil tadqiqotchisi Qo‘shiev Bahodir Habibjon o‘g‘lining 01.04‒«Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti» ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan «Qishloq xo‘jaligi axborot-hisoblash tizimini raqamlashtirilgan innovatsion tarmog‘ini yaratish» mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi,
2025-yil 12-iyun soat 1600. Ilmiy rahbar: t.f.d., dotsent Sultanov Djamshid Baxadirovich.
Ilmiy seminar 2025-yil 12-iyun kuni soat 1400 da Muhammad
al-Xorazmiy nomidagi TATU E bino 101-xonasida bo‘lib o‘tadi.
Zoom havola: https://us06web.zoom.us/j/8144710345?pwd=WEtHK0llaWZmTWtmTnhPUlVqRmlGUT09&omn=84795700839
Zoom ID: 814 471 0345
Passcode: 1