

Kuni kecha, 5-mart sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Kiberxavfsizlik markazi DUK hamda ONE-NET o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ta’lim, ilmiy-amaliy faoliyat va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Bakalavr va magistratura talabalari amaliyotini tashkil etish;
Ilmiy-amaliy tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlik qilish;
Bitiruvchi kurs talabalari uchun soha korxonalari muammolariga mos diplom loyiha mavzularini shakllantirish;
Professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy-amaliy stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish;
Universitetda zamonaviy kiberxavfsizlik laboratoriyasini tashkil etish.
Ushbu uchrashuv ta’lim va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash hamda kiberxavfsizlik sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.