Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining magistratura mutaxassisligida tahsil oluvchi talabalar uchun dunyoning eng nufuzli universitetlari 400 taligiga kiruvchi Avstriya davlatining Klagenfurt universiteti bilan ilmiy yo‘nalishda hamda qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi.
✅Iqtidorli talabalar saralab olinib, ular Klagenfurt universitetida 1 yoki 2 semestr davomida o‘qishini davom ettirishi hamda ikki tomonning diplomiga ega bo‘lishlari mumkin.