UZCARD kompaniyasi o‘rtasida kadrlar salohiyatini oshirish, talabalar uchun kompaniyada amaliyot/stajirovka o'tash imkoniyatlarini yaratish va ishga jalb qilish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga qaratilgan memorandum imzolandi.

  • Startseite
  • UZCARD kompaniyasi o‘rtasida kadrlar salohiyatini oshirish, talabalar uchun kompaniyada amaliyot/stajirovka o'tash imkoniyatlarini yaratish va ishga jalb qilish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga qaratilgan memorandum imzolandi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va UZCARD kompaniyasi o‘rtasida kadrlar salohiyatini oshirish, talabalar uchun kompaniyada amaliyot/stajirovka o‘tash imkoniyatlarini yaratish va ishga jalb qilish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga qaratilgan memorandum imzolandi.

Mazkur memorandumdan maqsad - Universitetimiz talabalarining mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, nazariya va amaliyotni uzviy bog‘lagan holda korxona va tashkilotlar talablaridan kelib chiqib, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatiga qiziqishlarini kuchaytirish hisoblanadi.