GSDC 2026 doirasida TATU va Times Higher Education vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • Startseite
  • GSDC 2026 doirasida TATU va Times Higher Education vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi


 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tayotgan Global Sustainable Development Congress 2026 xalqaro kongressida ishtirok etmoqda.

 Shuningdek, TATU mazkur kongressda o‘z stendi bilan qatnashib, universitetning ta’lim, ilm-fan, xalqaro hamkorlik va barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi faoliyatini xalqaro ishtirokchilarga keng targ‘ib qilmoqda.

 Mazkur kongress doirasida TATU vakillari Times Higher Education Regional Director — Lewis Tuthill bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 Uchrashuvda TATUning xalqaro reytinglardagi ishtirokini yanada kuchaytirish, THE World University Rankings metodologiyasi asosida universitet ko‘rsatkichlarini tahlil qilish hamda kelgusi yillarda reyting natijalarini yaxshilash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

 Shuningdek, universitetning ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik ko‘rsatkichlari, akademik nufuzi, sanoat bilan aloqalari va global ko‘rinuvchanligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur uchrashuv TATUning xalqaro reytinglardagi pozitsiyasini mustahkamlash va universitet faoliyatini global mezonlar asosida rivojlantirishga xizmat qiladi.