“Fizika” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori Erkin Zunnunoviç Imamovning 80 yillik tavallud ayyomlari munosabati bilan universitetimizda yubiley tadbiri taşkil etildi.

  • Startseite
  • “Fizika” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori Erkin Zunnunoviç Imamovning 80 yillik tavallud ayyomlari munosabati bilan universitetimizda yubiley tadbiri taşkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion texnologiyalari fakulteti “Fizika” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori Erkin Zunnunoviç Imamovning 80 yillik tavallud ayyomlari munosabati bilan universitetimizda yubiley tadbiri taşkil etildi.

🤝 Tadbirda ustoz bilan köp yillar davomida birga faoliyat olib borgan professor-öqituvçilar, Özbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi instituti, ilmiy va işlab çiqariş sohasi vakillari, universitet rahbariyati, şuningdek, “Fizika” kafedrasining professor-öqituvçilari hamda ustozning şogirdlari iştirok etdilar.

🔵 Tadbirni universitet rektori oçib berib, öz nutqida professor E.Z. Imamovning köp yillik samarali ilmiy-pedagogik faoliyati, fizika fanining rivojiga qöşgan munosib hissasi, yuqori malakali mutaxassislar va yoş olimlarni tayyorlaş borasidagi xizmatlari haqida alohida töxtalib, ustozga samimiy tilaklarini bildirdi.

🏆 Mazkur yubiley tadbiri nafaqat atoqli olimning sermazmun hayot yöli va ilmiy-pedagogik faoliyatiga bölgan yuksak ehtirom ifodasi, balki ustoz-şogird anʼanalarini mustahkamlaş, ilmiy merosni qadrlaş hamda yoş avlodni ilm-fanga bölgan hurmat ruhida tarbiyalaş yölidagi muhim maʼnaviy-maʼrifiy tadbir böldi.