Fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

  • Startseite
  • Fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

2016-2017-o‘quv yili yakunida o‘tkazilgan Talabalar Respublika fan olimpiadasining ikinchi bosqichi natijalariga ko‘ra, Televizion texnologiyalari fakulteti talabasi Ro‘yiddin Bobomurodov “Kompyuter grafikasi” fanidan 1-o‘rinni egallab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1-darajali diplomi bilan, Dasturiy injinering fakulteti talabasi Quvondiq Sayfuddinov esa “Fizika” fanidan 3-o‘rinni egallab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 3-darajali diplomi bilan taqdirlandilar. Biz talabalarimizni yurishgan yutuqlari bilan tabriklab, keyingi o‘qishlarida yanada katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!