Bugun universitetda futzal bo'yicha fakultetlar o'rtasida "Rektor kubogi" tashkil etildi.

  • Startseite
  • Bugun universitetda futzal bo'yicha fakultetlar o'rtasida "Rektor kubogi" tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-martdagi "Talaba va yoshlarning vaqtini maroqli o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish to‘g‘risida" 48 son buyrug‘i va Universitet rektorining 2023-yil 23-martdagi 292 son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun universitetda futzal bo‘yicha fakultetlar o‘rtasida "Rektor kubogi" tashkil etildi.

🏁Bugun "Rektor kubogi" musobaqasining 1-bosqichiga start berildi. Musobaqalar dastlab fakultetlar miqyosida kurslar aro tashkil etilishi va har bir fakultet o‘z terma jamoalarini saralab olish ko‘zda tutilgan edi, fakultetlar final bosqichida kuch sinashadilar. Dastlabki o‘yinni “Telekommunikatsiya injiniringi” fakulteti talabalari boshlab berishdi. Universitet sport majmuida mazkur fakultetning 12 nafar jamoasi o‘zaro bahs olib borgan holda, fakultet terma jamoasiga nomzodlar saralanib olindi.