E’lon!

HURMATLI TALABALAR!

Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qo‘shilib ketishining oldini olish, oliy ta’lim muassasalarida yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, joriy yil may oyining birinchi va ikkinchi o‘n kunliklarida "O‘zbek va rus tillari” kafedrasi boshchiligida 1-kurs talabalari o‘rtasida"Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida insholar tanlovi, "Gumanitar fanlar” kafedrasi boshchiligida 2-kurs talabalari o‘rtasida "Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?”, 3-kurs talabalari o‘rtasida esa "Biz terrorizmga qarshimiz” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlov g‘oliblari respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Respublika bosqichida "g‘olib” deb topilgan talabalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Tanlovda ishtirok eting va o‘z iqtidoringizni namoyon qiling!