Hindistonning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabhat janoblari boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif buyurdi.

  • Startseite
  • Hindistonning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabhat janoblari boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif buyurdi.

🏛Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabhat janoblari boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif buyurdi.

✅Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Javaharlal Neru nomidagi O‘zbek-Hind Axborot texnologiyalari markazini rivojlantirish bo‘lib, bu boradagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish hamda kelgusida markazga bir qator Hindiston IT kompaniyalari va ta’lim tashkilotlarini jalb etish, ta’lim va tadqiqot xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi.

✅Davra suhbatidan so‘ng mehmonlarga TATU O‘quv media markazi va universitetning o‘quv xonalariga ekskursiya tashkil qilindi.

📌Universitet nomidan Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabhat janoblariga rasmiy tashrifi uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.