2017 yilning 15 mart kuni ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida nazariya hamda amaliyotning uyg‘unlashuvini ta’minlash maqsadida, “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” yo‘nalishida taxsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan AT “Aloqabank” vakillarining davra suhbati tashkil etildi. Suhbatda AT “Aloqabank” “O‘quv metodik markazi” boshlig‘i T.A.Kurgonov, “Axborotlashtirish boshqarmasi boshlig‘i” o‘rinbosari K.K.Domashikov, “Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi” yetakchi mutaxassisi N.O.Eshdavlatova, “Marketing bo‘limi” yetakchi mutaxassislari S.K.Kurbanbayeva, Sh.O.Ro‘zimov lar ishtirok etdilar.
Davra suhbatida AT “Aloqabank” “O‘quv metodik markazi” boshlig‘i T.Kurgonov so‘zga chiqdi va “Aloqabank” faoliyati to‘g‘risida tanishtirib o‘tdi. U o‘z ma’ruzasida Bankning tashkil etilishi, uning tashkiliy tuzilmasi, asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari, Bankning 2017-2020 yillarga rejalashtirilayotgan asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, AT “Aloqabank” “Axborotlashtirish boshqarmasi” boshlig‘i o‘rinbosari K.K. Domashikov bo‘limda hujjatlar ijro intizomi, AT “Aloqabank” filiallari orqali keladigan hisobotlarni, elektron hujjat aylanishi nazoratini tashkil qilish to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Tadbir so‘nggida bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida berilgan savollarga AT “Aloqabank” vakillari tomonidan to‘liq javoblar berildi.
Yig‘ilish so‘ngida, AT “Aloqabank” tomonidan TATU talabalari uchun tashkil etilgan “Bilimdonlik viktorinasi” savol-javob tarzida o‘tkazildi hamda savollarga to‘g‘ri javob bergan va davra suhbatida faol qatnashgan talabalarga sovg‘alar topshirildi.