2016 yilning 3 may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "2016 yilda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar” Dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, "Kompyuter injiniringi” va "Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetlariningiqtidorli talabalari, magistrlari va yosh professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy va texnik ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzalarida ta’kidlaganlaridek, "...Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi mamlakatning raqobatdoshlik darajasiga ta’sir ko‘rsatishi, katta hajmda axborot to‘plash va uni umumlashtirish imkonini berishi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochib berishini unutmasligimiz zarur.Bugungi sharoitda, Internet va elektronika davrida iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, "Elektron hukumat” tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish ustuvor ahamiyatga egadir.”
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab berildi. Milliy axborot kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shu jumladan, dasturiy maxsulotlarni ishlab chiqish, milliy axborot resurslarini boyitish, zamonaviy interaktiv xizmat turlarini ko‘paytirish bu borada malakali mutaxassislarga bo‘lgan yuqori talablarni qo‘yadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi PQ-1942-son "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2013 yil 20 sentyabrdagi PQ-2042-son "Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari respublika iqtisodiyotining tarmoqlari va sohalari uchun axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro standartlar talablari darajasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, universitetda kompyuter injiniring, dasturiy injiniring va telekommunikatsiya texnologiyalari kabi yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kiritildi. Hozirgi kunda universitet va uning filiallarida10 mingdan ortiq talabalar tahsil olmoqda. Ta’lim jarayoning sifatiga qaratilayotgan e’tibor, universitet o‘quv laboratoriyalari moddiy-texnik bazasining rivojlantirilishi, professor-o‘qituvchilarning yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarida malakalarini oshirishi hamda ta’lim jarayonining xorijiy adabiyotlar bilan uslubiy boyitilishi bo‘yicha amalga oshirilgan bir qator ishlar hozirgi kunda o‘z samarasini bermoqda.
Ko‘rgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad: universitet va uning hududiy filiallarida ta’lim olayotgan talabalarning faolligini oshirish, ilmiy faoliyatga jalb etish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, eng asosiysi, yuqori salohiyat va iqtidorga ega bo‘lgan dasturchilar maktabini shakllantirishga qaratilgan.
Ko‘rgazmada"Kompyuter injiniringi” va "Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetlarining Iqtidorli talabalari, magistrlari va yosh professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan 200 dan ortiq dasturiy va texnik ishlanmalar namoyish etildi. Shuningdek, 33taaxborot tizimlari ishlanmalari, 11ta veb-sayt, 55ta dasturiy ishlanma,20 ta apparat ishlanmalar, 44 ta texnik ishlanma, 21 ta kompyuter o‘yin dasturlariva 19 tamobil ilovalardan iborat ishlanmalardir.
Ishtirokchilar tomonidan yaratilgan dasturiy maxsulotlar va texnik ishlanmalarnita’lim, kichik biznes, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va avtomobilsozlik sohalarida qo‘llash mumkin.
Ko‘rgazmada 5 ta nominatsiya belgilangan bo‘lib, tadbir yakunida "Eng yaxshi loyiha dizayni”, "Eng yaxshi veb-ishlanma”, "Eng yaxshi android ishlanma”, "Eng yaxshi Windows ishlanma”, "Eng yaxshi dasturiy va apparat-dasturiy ishlanma” mualliflari tashkilotchilar tomonidan maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ushbu ko‘rgazmaga 100 dan ortiq davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi korxona rahbarlariva mutaxassislar taklif etildi.
Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «O‘zbektelekom» AK, «O‘zbekiston pochtasi» AJ,Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi, BePro dasturchilar tayyorlash markazi,Elektron xukumat tiziminirivojlantirish markazihamda «Uzinfocom» markazlari ko‘magida tashkil etildi.